Your Website

MARKAZNING FUNKSIYALARI

Ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish sohasida: qishloq va suv xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish muammolarini ishlab chiqish, yuqori samarali, ijtimoiy yo‘naltirilgan ko‘p ukladli iqtisodiyotni shakllantirish, tovar ishlab chiqaruvchilarning iqtisodiy mustaqilligini kengaytirish, xo‘jalik ichidagi munosabatlar mexanizmini takomillashtirish, qishloqda xususiy tadbirkorlikni va kichik biznesni tashkil qilish; ilg‘or agrotexnologiyalarni, yuqori unum bilan ishlaydigan va mustahkam qishloq xo‘jaligi mashinalari va mexanizmlarining yangi turlarini yaratish va joriy etish; tuproqning, ayniqsa o‘rtacha va kuchli sho‘rlangan yerlarda tuproqning unumdorligini tiklash va oshirishni hisobga olgan holda almashlab ekish sxemalarini ishlab chiqishda qatnashish; eskidan sug‘orib kelinayotgan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va rekonstruktsiya qilishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish va joriy etish, yangi yerlarni o‘zlashtirish, sug‘orishning ilg‘or usullarini va suvni tejovchi texnologiyalarni joriy etish; qishloq xo‘jaligini tashkil etish va yuritishning jahon ilg‘or tajribasini o‘rganish va ijodiy qo‘llash, xalqaro va xorijdagi yetakchi ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlikni rivojlantirish, tasarrufidagi tashkilotlar ilmiy xodimlarining chet el ilmiy muassasalarida malaka oshirishini tashkil etish; yuqori malakali ilmiy kadrlar (fan doktorlari va nomzodlari) tayyorlash; respublikada hamda xorijda qishloq va suv xo‘jaligi rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etishda qatnashish; institutlar va olimlarning ilmiy asarlarini nashr etish, ilmiy bilimlarni ommalashtirish; respublikada qishloq, suv va o‘rmon xo‘jaligi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni va innovatsiya loyihalarini muvofiqlashtiradi; o‘z muassasalari kuchi bilan agrosanoat kompleksini rivojlantirishning muhim yo‘nalishlariga doir fundamental hamda amaliy tadqiqotlar loyihalari va dasturlarini ishlab chiqadi; ilmiy-tadqiqot muassasalarini, ularning filiallarini va tasarrufidagi boshqa tashkilotlarni belgilangan tartibda tashkil qiladi, qayta tashkil etadi va tugatadi; agrosanoat kompleksining muhim dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy, ilmiy-amaliy konferentsiyalar, yig‘ilishlar, simpoziumlar uyushtiradi; fundamental va amaliy tadqiqotlarning muhim yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy kengashlar, jamiyatlar va boshqa birlashmalar tashkil qiladi; respublika agrosanoat kompleksini rivojlantirishning ilmiy-texnika potentsialini rivojlantirish, ilm-fanning moddiy bazasini mustahkamlash bo‘yicha takliflar tayyorlaydi; Vazirlar Mahkamasining, Qishloq xo‘jaligi vazirligining topshiriqlariga, vazirliklar va idoralar so‘rovlariga binoan agrosanoat kompleksini rivojlantirishning yirik ilmiy, ilmiy-texnik, ijtimoiy-iqtisodiy loyihalari va dasturlarini ekspertizadan o‘tkazadi, o‘z vakolatlari doirasida manfaatdor tashkilotlar va muassasalar bilan birgalikda ularni muhokama qiladi; ilmiy axborotlarning amaliy bankini tashkil qiladi. Markaz har yili o‘z faoliyati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga hisobot topshiradi.

Qisqacha izoh:

Bugungi kunda Don-dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti Xorazm ilmiy-tajriba stantsiyasi balansida bino va inshoatlar mavjud emas

BIRLAMCHI MALUMOTLAR

Filialning to‘liq nomi:  Don-dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti Xorazm ilmiy-tajriba stantsiyasi
Manzili: Xorazm viloyati, Urganch tumani, Oq-oltin hududi
         Rahbariyat: 

Direktor  M.X.Masharipov

Direktor o‘rinbosari  U.V.Maxmudov